Yapon milliy madaniyati haqida
Yaponiyadagi Fuji tog'I va sakura

Fuji tog'i - Yaponiyadagi eng baland tog '. U 2013 yil 22 iyunda "madaniy meros" sifatida ro'yxatga olingan. Balandligi 3776 metr bo'lib, tog' cho'qqisida doim qor to'planib turadi. Barcha yaponlar Fuji tog'ini hurmat qilishadi va yaxshi ko'rishadi. Ushbu katta tog'ga chiqish mumkin va har yili ko'p odamlar tog' cho'qqisiga intilishadi. Fuji tog'iga 1 iyundan 10 sentyabrgacha chiqish mumkin, va barcha tog'ga chiquvchilar cho'qqidan quyosh chiqishini ko'rib xursand bo'lishadi.
Fuji tog'ining rasmi
Yapon sakura gullari

Sakura(gilos gullari) - bu bahor faslida ochiladigan gul bo'lib, norasmiy Yaponiyaning davlat milliy guli hisoblanadi. Fuji tog'i kabi sakura ham Yaponiyaning ramzi hisoblanadi. Yapon xalqi har yili sakura gullashini intiqlik bilan kutishadi. Odatda, ohanami(sakura gulini tomosha qilish) mart oyining oxiridan aprel oyining boshigacha ikki hafta davomida o'tkaziladi va ko'plab yaponlar sakura daraxti ostida ziyofatlar uyushtirishadi. Sakura gullari konserva, omochi(yapon milliy shirinlik) va muzqaymoqlar tayyorlashda ishlatiladi.
Sakuraning rasmi
Yapon kimonosi

Kimono- yapon milliy kiyimidir. Shuningdek, wafuku(yaponcha kiyim) deb nomlanadi.Yaponiya ochiq davlat bo'lib, G'arb madaniyatini qabul qilgan vaqtda, g'arb kiyimidan farq qiladigan va unga qarshi turadigan kiyimga aylandi. Hozirda, yapon xalqi odatda kimono kiymaydi.Hayotning muhim lahzalari va muhim kunlarda ko'pincha kimono kiyishadi.Kimono kiyishda, kimono, obi(kamar), juban(pastki kimono), koshihimo(kiyishda ishlatiladigan ingichka bog'ichlar),datejime(ingichka, ammo qattiq belbog'), tabi(paypoq), geta(yog'och sandal) kabi aksessuarlar bilan kiyiladi. Kimononi kiyish murakkabligi sabab, yapon xalqi odatda kiymaydi. Kimononing turlari ham ko'p bo'lib, qizlar balog'atga yetish marosimida kiyadigan furisode, yozgi festivallarga kiyiladigan yukata kabilar bor. Furisodening yengi uzun bo'lib, yukata esa yupqa mato matodan tikiladi.
Furisodening rasmi
Yaponiya texnologiyasi

Yaponiya jahon standartidagi kuchli texnologik davlat hisoblanadi.Avtomobillar, maishiy texnika, shaxsiy kompyuterlar, o'yin mashinalari kabilar jahonda tarqalgan mahsulotlar ko'p. Yaponiya hardware, qo'l bilan tegizish mumkin bo'lgan tarsalarni yaratishga mohir.Nintendo, SONY, TOYOTA kabi ishlab chiqaruvchi korxonalar hozir ham faoliyat ko'rsatmoqda.Ta'kidlanishicha, bugungi kunda, Yaponiya IT industriyasining chet elda kengaytirish bo'yicha, boshqa davlatlarga nisbatan orqada qolgan deb aytishadi. Yaponiya faxrlanadigan dunyoda mashhur IT xizmati hanuz yo'q.Biroq, robot va sun'iy intelekt bo'yicha tadqiqotlarga e'tiborini qarata boshlagan va hardware bilan softwarelar boshqa "o'zaro hamkorlik" qilishga olib keladigan kelajak yaqinlashmoqda.
Robotning rasmi
Yapon samuraylari

Samuray - yapon ritsari demakdir. "Samuray" so'zi "birovga xizmat qilish" degan ma'noni anglatadi. Samuray davlat xizmatchilari deganidir. Samuraylar uchun jang san'ati va harbiy bilimlar juda muhim sanalgan. Ular bushido deb ataladigan g'oyaga asoslanib, o'z egalariga mutlaq itoat qilishgan va egalariga jonini ham fido qilish tushunchasiga ega bo'lishgan. Bundan 500 yil oldingi sengoku davrida, samuraylar birovga qizmat qilish-qilmasligidan qat'iy nazar "bushi"(jangchi) deb atalgan. "Bushi" so'zi "yollanma askar" degan ma'noni ham anglatadi, ular ichida har xil jang mahoratiga ega kuchli kishilar bo'lgan. Samuraylar 1200 yil oldin paydo bo'lgan va egalari uchun jonlarini fido qilishgan. G'arbning "Ritsarlar yo'li" kabi "Bushido" (Samuray yo'li) degan tushunchaga ega edilar. Bu esa o'z hatti-harakatiga mas'uliyatni sezishni anglatadi. Yaponiyada tarixiy drama va tomoshalarda samuraylar jangini namoyish etadigan sahnalar ko'p bo'lib, chet elda ham samuraylar muxlislari ko'p.
Samurayning rasmi
Yapon ninjasi

Samuraydan tashqari, ninjalar ham chet elda mashhur. Ninjalar bundan 600 yil oldin, taxminan 1400 yillarda mavjud bo'lgan deb aytishadi, bu haqda hozir ham turli xil taxminlar aytilmoqda. Ninja so'zida 「忍」(nin) kanjisi ishlatilgan bo'lib, bu yapon xalqining chidam, sabr-toqatni go'zal fazilat deb biladigan qadriyatini ifodalaydi. Ninjalar ko'plab animatsion asarlarning mavzusiga aylangan bo'lib, "O'spirin mutant ninza qurbaqalar", "NARUTO" kabilarda ham tasvirlangan. Ninjalarning quroli shuriken(ninja yulduzi) va qilichlar hisoblanadi. Ular ovoz chiqarmay harakatlanishadi, odamlarga ko'rinmasdan jang qilishga mohir. G'arb davlatlarida mavjud assassinlarga o'xshab ketadi.
Ninjaning rasmi