Yaponiyada ish odob-axloqi
Yaponiyaning diqqatga sazovor joylari


Yaponiya obod-axloq qoidalariga juda e'tibor bilan qaraydi. Avvalo, birinchi marta uchrashib turgan odamga albatta 「はじめまして(Hajimemashite)」「こんにちは(Konnichiwa)」deb salomlashing. Keyin, qo'l uzatmang, boshingizni egib ojigi(ta'zim) qiling. Egilib ta'zim qilishda, uzoq va chuqurroq egilishingiz, boshqa kishiga bo'lgan hurmatingiz darajasini ifodalaydi. Agar boshqa kishi sizga egilib ta'zim qilsa, siz ham albatta unga javob qaytaring. Egilib ta'zim qilayotganingizda orqa gavda tekis tutilishi va ikki qo'l ikki yonga tushurilishi kerak. Birovning uyiga yoki ishxonasiga boradigan payt, ko'pincha poyafzal yechiladi. Poyafzalsiz kirish taqiqlangan xonalarga kirishda, yechilgan poyafzalni qo'yadigan joy bo'lib, o'sha yerda uy tapochkasi tayyorlab qo'yiladi. Tushunmasangiz, atrofingizdagi odamlardan so'rang. Shuni unutmang, har doim siz paypoq kiyishingiz kerak. Yalang oyoqda yurish, boshqalarga yaxshi taassurot qoldirmaydi. Albatta, uy tapochkasi yoki paypoq kiying. Ish jarayonida, yodda tutishingiz kerak bo'lgan narsa, albatta aytilgan gaplarni yozib olish kerak. Yaponiyada boshqa kishi aytgan gaplarini qayta-qayta so'rash yoqtirilmayd. Boshqa kishi aytgan gap mazmunini yozib olib yodlasangiz, bitta gapni qayta-qayta takrorlamasa ham bo'ladi.Shuningdek, majlis va restoranlarda boshqa kishidan oldin o'tirish yaxshi xulq sanalmaydi. Boshqa kishi bilan gaplashayotgan paytda, qo'lingizni cho'ntagingizga solish ham yaxshi emas. Ishga kechikish mumkin emas. Yaponlar vaqtga nisbatan juda qattiqqo'l. Agar kimdir sizga yaxshi munosabatda bo'lsa yoki yaxshilik qilsa, albatta 「ありがとう(Arigato)」deb ayting. Yuqoridagilarning barchasi yaponlar jamiyat a'zosiga aylanganda, ishlashni boshlaganda o'rganadigan odob-axloq qoidalaridir. Siz ham yaxshi eslab qoling.
Ojigi(ta'zim qilish)ning rasmi
Yaponiyada narx-navo
Yaponiyadagi narxlar haqida gapiradigan bo'lsak, guruch narxi 19$, non narxi 1〜4$, tuxum(10dona) narxi 2〜3$ turadi. Gamburger narxi 1〜4$, benzin (1litr) narxi 1$, suv (500ml) narxi 1$, koka-kola(500ml) narxi 1.3$ turadi.Tokio yashash uchun eng qimmat shahar bo'lib, restoran va turar joy narxlari boshqa hududlarga qaraganda qimmat. Bundan tashqari, kiyim-kechak narxi 5〜100$, restoranlar narxi 40$〜100$ kabi do'konlar narxlari ham turli xil.



