Yaponiyaga borish uchun
Yaponiyaga borishgacha bo’lgan jarayon
Nomzod haqidagi ma'lumotlarni JYONAN STAFF BUSINESS ro'yxatidan o'tkazasiz.Yaponiyadagi o'zbekistonliklarni ishga oluvchi kompaniyalari suhbatidan o’tasiz.O'zbekistonliklarni ishga oluvchi kompaniya nomzodga qiziqish bildirgandan so'ng, 4 oy davomida 160 soatdan ko'proq yapon tili darslariga qatnashasiz.JYONAN STAFF BUSINESS nomzod hujjatlarini tayyorlaydi va immigratsiya protseduralarini amalga oshiradi. Texnik amaliyot nomzodi ushbu to'rt bosqichlardan o’tib,Yaponiyaga borishi mumkin. Darsni boshlagandan keyin,Yaponiyaga borishiga qadar 7 oy vaqt talab etiladi.
Texnik stajor ma'lumotlarini JYONAN STAFF BUSINESS ro'yxatidan o'tkazish
Texnik stajyor JYONAN STAFF BUSINESS bilan bo’lgan suhbatga qatnashishi, Yaponiyaga borishini kafolatlamaydi.Bu suhbat darsga qatnashishidan oldin shaxsini aniqlash maqsadida o’tkaziladi.JYONAN STAFF BUSINESS suhbatidan o’tganidan so'ng,JYONAN STAFF BUSINESS tomonidan tuzilgan so'rovnomaga texnik stajyor shaxsiy ma'lumotlarini kiritadi. Kiritilgan o'qish va mehnat faoliyatini o'zbekistonliklarni ishga oluvchi yapon kompaniyalari ko'radi.Agar Youtube yoki boshqa saytlarda texnik stajyor haqidagi suhbat videolari bo'lsa,o'zbekistonliklarni ishga oluvchi kompaniya stajyorlarga yanada qiziqish bildiradi.Yaponiyadagi o'zbekistonliklarni ishga oluvchi kompaniya stajyorga qiziqsa,JYONAN STAFF BUSINESS stajyor bilan bog'lanadi. Shundan so'ng, stajyor yapon tili darslariga qatnasha oladi.Bu jarayonda ham,Yaponiyaga borishi hali aniq tasdiqlanmagan bo’ladi.Agar stajyor, o'zbekistonliklarni ishga oluvchi kompaniyaning ish taklifini qabul qilsa,yapon tili darslariga qatnasha oladi.JYONAN STAFF BUSINESS stajyorga o'zbekistonliklarni ishga oluvchi kompaniyaning ish shartlari va mazmunini tushuntirishni o’z zimmasiga oladi. Stayjor rozi bo'lmasa,keyingi taklifni kutishi kerak.
Yaponiyadagi o'zbekistoliklarni ishga oluvchi komponiya bilan bo'ladigan suhbat haqida
Darslarni boshlashdan oldin, o'zbekistonliklarni ishga oluvchi kompaniyalar O’zbekistonga tashrif buyurishadi.Stajyornini ishga olish uchun bilan suhbat o’tkazadi.Ba'zi hollarda suhbat video qo'ng'iroqlar orqali amalga oshiriladi. Suhbatdan so'ng, o'zbekistonliklarni ishga oluvchi kompaniya stajyorga “ish taklifi”ni bersa, Yaponiyaga borishi tasdiqlanadi.Ya’ni, o'zbekistonliklarni ishga oluvchi kompaniya suhbatiga qatnashgani,Yaponiyaga borishini tasdiqlamaydi. Stajyor Yaponiyaga borishingiz uchun “ish taklifi”ni olishi kerak.“Ish taklifi”ni olganidan so’ng, taxminan 7 oylardan keyin Yaponiyaga boraoladi. O'zbekistonliklarni ishga oluvchi kompaniyadan “ish taklifi”ni olsa, stajyor yapon tilini o'rganishi kerak. Agar “ish taklifi”ni olgandan keyin, yapon tilini o'rganmasa, taklif bekor qilinadi.
Texnik amaliyot tizimi haqida izoh va ehtiyot choralari
Stayjor oilasini Yaponiyaga olib ketaolmaydi.Yaponiyada ishlay oladigan muddat 3 yil.Stajyor ishni davom ettirishni xohlasa,imtixondan o’tishi kerak. Stajyor imtixondan o’tsa,yana maksimum 8 yil Yaponiyada ishlay oladi. Ba’zi kasb ishlari 3 yilda tugaydi.O’z xohishi bilan ish joyini o’zgartira olmadi.Shartnomaning amal qilish muddati davomida,faqat shu korxonada ishlashi kerak. Yaponiyada ishni boshlagach,bir yildan so’ng imtixon o’tkaziladi.Stajyor imtixondan o’tmasa,1 yildan keyin O’zbekistonga qaytib kelishi kerak bo’ladi.Imtixon mazmuni - yapon tilidan test va ishlayotgan joyda o'rgangan ishlar bo’yicha o’tkaziladi.Ish soati,haftasiga 40 soat,bir haftada 5 kun ishlaydi.Dam olish haftasiga 2 kun.Har kuni ishlay olmaydi.Yaponiyada ishlashni boshlagandan 1 yil o'tgach, vaqtincha O'zbekistonga qaytib kela oladi.Lekin ko’pi bilan faqat 2 hafta tura oladi.Ishni boshlaganidan 1yil o’tgach,nisbatdan uzoqroq muddatga qaytish mumkin. Yo’l kira xarajatlari o'zi to'laydi. Yapon kompaniyasida ishlash qiyin bo'lgan holda, ishdan ketish yoki ketmaslik to’g’risida stajyorning o’zi qaror qabul qiladi.Qaytib kelish uchun ketadigan yo’l kira xarajatlarini o’zi to’laydi. Yaponiyaning turmush-tarzida muammolarga duch kelsa,Switch Service inc. da ishlaydigan o’zbekistonliklar stajyorga yordam qo’lini cho’zishadi. Yaponiyada 3 yil ishlab keyin O’zbekistonga qaytib keladigan bo’lsa, kompaniya stajyorning yo’l kira xarajatlarini to’laydi.JYONAN STAFF BUSINESS bilan maslahatlashmasdan,stajyor ishlayotgan kompaniyadan qochib ketadigan bo’lsa, katta muammo bo'ladi. Biron muammo paydo bo'lsa, xabar berish kerak. Maoshdan turar joy va oziq-ovqat xarajatlari olinib, qolgan qismi to’lanadi. Stajyorning qo’lida taxminan 1,000~1,300$ qoladi.Turar joy xarajatlari maoshdan to’lanadi. Stajyorni yollagan kompaniya ish haqini to'lamaslik, uzoq vaqt ishlatish kabi qonunga xilof harakat qilgan holda,JYONAN STAFF BUSINESS va Switch Service inc. stajyorni komponiyadan himoya qilishga majbur.